Mintaqaviy IL-114-300 parvozini boshlamoqda

1990 yilar boshida Toshkentda ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yilgan Il-114 samolyoti, yangilangan holda Rossiyada seriyali ishlab chiqarish arafasida.
Sputnik
Fuqaro aviatsiya sanoatining tiklanishi — Rossiyaning texnologik suverenitetini tasdiqlaydi. Havo transporti sohasini rivojlantirish davlat dasturi doirasida turli maqsad, diapazon va yuk ko‘tarish qobiliyatiga ega bo‘lgan, yangi yuqori texnologiyali samolyotlar – uzoq masofali gigant Il-96-400dan tortib, parvoz sinovlaridan muvaffaqiyatli o‘tayotgan ixcham mintaqaviy Il-114-300 gacha bo‘lgan samolyotlar yaratilmoqda.
31 mart kuni Moskva viloyatida Il-114-300 ikkinchi prototipi samolyotining birinchi sinov parvozi bo‘lib o‘tdi. 900 metrgacha balandlikda, 230 km/soatgacha tezlikda samolyotning barqaroligi va boshqarilishi, Rossiyada ishlab chiqarilgan tizim va uskunalarning ishlash ishonchliligi sinovdan o‘tkazildi.
Parvozlar boshlanishidan oldin samolyot yerda bir qator sinovlaridan o‘tdi. Avvalroq Rossiya prezidenti Vladimir Putin Il-114-300 ni yaratish samaradorligini qayd etgan edi.

Il-114-300 mintaqaviy samolyoti Il-114 turbovintli samolyotining chuqur modernizatsiya qilingan versiyasidir. Samolyot 68 tagacha yo‘lovchini (ekipaj - 2 kishi) yoki 2000 kmgacha bo‘lgan masofaga 6,5 ​​tonna yukni tashish uchun mo‘ljallangan.

Yangi samolyot "Il" OAJ tomonidan og‘ir iqlim sharoiti, Rossiyaning (shu jumladan Arktika) chekka hududlardagi asfaltlanmagan aerodromlarda avtonom ishlashni hisobga olgan holdada yaratilgan.
Samolyot yuqori parvoz ko‘rsatkichlari, yangi raqamli parvoz va navigatsiya tizimi, qurilishda kompozit materiallarning keng qo‘llanilishi bilan ajralib turadi. Uning turbovintli dvigateli TV7-117ST-01 - kuchli, ishonchli, texnik xizmat ko‘rsatish oson dvigatel hisobalanadi. U Sankt-Peterburgdagi “ODK-Klimov” korxonasida ishlab chiqilgan. O‘zining texnik xususiyatlari bo‘yicha xorijiy analoglardan ustundir.
Il-114-300 mahalliy yo‘nalishlarda An-24 "faxriylari" uchun munosib o‘rinbosar bo‘ladi.
Shuningdek, yangi Il-114-300 universal platforma bo‘lib, unda samolyotlarning turli xil modifikatsiyalarini yaratish mumkin: transport, yuk-yo‘lovchi, tez yordam, maxsus maqsadlar uchun (qutb, patrul, razvedka).
Rossiyada ishlab chiqarilgan zamonaviy mintaqaviy samolyotlar milliy ahamiyatga ega muammolarni hal qilish uchun zarurdir. Havo transporti sanoatini 2030-yilgacha rivojlantirish bo‘yicha 770 milliard rubldan ortiq davlat dasturi Rossiya avialaynerlarining ulushini 33 foizdan 81 foizgacha oshirishga, mintaqalararo havo qatnovi intensivligini bir yarim barobarga oshirishga qaratilgan. Rejalar fuqaro aviatsiyasi uchun 1036 ta samolyot, shu jumladan 100 ga yaqin Il-114-300 samolyotlarini yetkazib berishni nazarda tutadi. Bu hali Rossiya Mudofaa vazirligi va boshqa davlat mijozlarining muhim ehtiyojlarini hisobga olmagan holda.

Yuqori texnologiyalar kuchi

Il-114-300 ning tuzilish sxemasi — past qanotli erkin harakatlanuvchi monoplandir. Samolyotning uzunligi – 26,9 m, qanotlari kengligi – 29,8 m, balandligi – 9 m. Parraklari 3,6 m bo‘lgan past shovqinli olti qanotli ikkita turbovintli dvigatellar qanotda joylashgan. Diametri 2,86 m bo‘lgan fuzelaj to‘rtta yo‘lovchi o‘rindig‘ini deyarli yarim metr kenglikdagi markaziy yo‘lak bilan bir qatorga joylashtirish imkonini beradi.
Il-114-300 ning maksimal uchish og‘irligi 23,5 tonnani tashkil qiladi. Maksimal yonilg‘i sig‘imi (8780 l) va 1300 kg yuk bilan parvoz masofasi – 5000 km. Yangi samolyot "Ramenskoe konstruktorlik burosi" OAJ tomonidan ishlab chiqilgan SPNK-114M2 takomillashtirilgan avionika kompleksi bilan jihozlanadi.
Il-114-300 samolyotlarini ishlab chiqarish Birlashgan aviatsiya korporatsiyasi korxonalari o‘rtasida hamkorlikda amalga oshiriladi: "Il" OAJ - Aviastar (Ulyanovsk) va VASO (Voronej), NAZ "Sokol" (Nijniy Novgorod) filiallari negizida. Samolyotning yakuniy yig‘ilishi Rossiyaning "MiG" aviatsiya korporatsiyasining Moskva viloyatidagi korxonasida joylashgan.
Yuqori texnologiyali (import o‘rnini bosuvchi) mintaqaviy IL-114-300 Rossiyani jahon samolyotsozlik sanoatining yuqori ligasiga qaytaradi. Mahalliy aviakompaniyalar uchun fuqarolik samolyotlarini seriyali ishlab chiqarishning tiklanishi va o‘sishi Rossiya Federatsiyasiga xorijiy ishlab chiqaruvchilarni ichki bozordan butunlay chiqarib tashlash imkonini beradi va Federatsiyaning ta’sis subyektlarida iqtisodiyot va turizmni rivojlantirishga kuchli turtki beradi.
Rossiya aviakompaniyalari yangi Il-114-300 samolyotlariga faol buyurtma berishmoqda. Raqobatbardosh samolyot, albatta, yaqin va uzoq xorij mamlakatlarida talabga ega bo‘ladi. Eslatib o‘tamiz, Il-114 avvalroq Toshkentda ishlab chiqarilgan.
AQSh, o‘z navbatida, Rossiya fuqarolik samolyotlari sanoatining tiklanishidan va Rossiya Qurolli kurchlarida Il-114-300 harbiy-dengiz floti patrul samolyoti sifatida foydalanish, elektron razvedka yoki nazorat qilish imkoniyatidan xavotirda. Amerikalik tahlilchilarning fikriga ko‘ra, Rossiyaning so‘nggi "Kasatka" qidiruv va nishonga olish tizimining Il-114-300 bazasidagi raketa va mina qurollari bilan integratsiyasi suv usti va suv osti nishonlarini samarali aniqlash va zarba berish imkonini beradi. Arktikadagi Rossiya manfaatlarini himoya qilish uchun.
Il-114-300