Kufr: FSB ikonalar ichidan 27 ta bomba topdi — video

Ukrainadan Yevropa orqali Rossiyaga olib kelinayotgan cherkov buyumlari ichidan 70 kg portlovchi modda topildi.
Sputnik
TOShKENT, 2 apr — Sputnik. Rossiya Federal xavfsizlik xizmati (FSB) va Bojxona xizmati Ukrainadan Yevropa Ittifoqi orqali Rossiyaga olib kirilayotgan 27 ta qo‘lbola bombani aniqladi.
Ma’lum bo‘lishicha, ikonalar va cherkov buyumlari Ukrainaning Kiyev shahrida tayyorlangan. Keyin esa ular Ruminiya - Vengriya - Slovakiya - Polsha - Litva - Latviya orqali Rossiya hududiga olib kelingan.

Muqaddas siymolar ichidan 70 kilogramm geksogen (trotildan 1,5 baravar kuchli), RPG-7 o‘qlari va 91 ta elektr detonator topilgan.
Rossiya Pravoslav cherkovi bu yuk qayerga borayotganidan bexabar ekanini ma’lum qilgan.