O‘zbekiston va YeOII

YeOII mamlakatlari yosh mutaxassislari Armanistondagi “Xalqaro media maktabi”da qatnashadi

YeAES 2023. Rabota foruma
Forumda ishtirok etish uchun Armaniston, Belarus, Qozog‘iston, Qirg‘iziston va Rossiyadan jurnalistika, media, televidenie, reklama va boshqa tegishli sohalardagi 18 yoshdan oshgan yosh mutaxassislar taklif etiladi.
Sputnik
TOShKENT, 2 apr — Sputnik. 29 apreldan 4-mayga qadar Armanistonning Lori viloyatida bo‘lib o‘tadigan “Xalqaro media maktabi” loyihasida YeOII mamlakatlari yoshlari ishtirok etadi, deb yozadi RIA Novosti.
“Xalqaro media maktabi 2.0 har yili o‘tkaziladigan yoshlar forumi bo‘lib, u olti kun davomida turli mamlakatlardan media vakillari va ushbu soha talabalarini yangi media sohasida yangi bilim va tajribaga ega bo‘lish uchun birlashtiradi”, — deyiladi xabarda.
Qayd etilishicha, ishtirokchilarga media, teleradiokommunikatsiyalar va boshqa raqamli kasblar sohasidagi mutaxassislardan eksklyuziv keyslar taqdim etiladi. Mutaxassislar yangi media, ushbu sohaning jadal rivojlanishi haqida gapirib berib, sun’iy intellektni professional faoliyatga integratsiya qilish sirlarini ochib beradi.
“Dastur doirasida olingan nazariy bilimlarni mustahkamlash maqsadida ishtirokchilar jamoalarga bo‘lingan holda amaliy loyihalar ustida ishlashadi. Forumda ishtirok etish uchun Armaniston, Belarus, Qozog‘iston, Qirg‘iziston va Rossiyadan jurnalistika, media, televidenie, reklama va boshqa tegishli sohalardagi 18 yoshdan oshgan yosh mutaxassislar taklif etiladi”, - deyiladi xabarda.
Prezident RF V. Putin prinimayet uchastie v zasedanii Visshego Yevraziyskogo ekonomicheskogo soveta
O‘zbekiston va YeOII
YeOII davlatlarida 2018-2022 yillarda maoshlar kamida 30% ga oshdi