TOShKENT, 2 apr — Sputnik. Iskandar Qutbiddinov ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vaziri o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi. Bu haqda vazirlik axborot xizmati xabar berdi.
Iskandar Qutbiddinov 1995-yilda Andijon viloyati, Andijon shahrida tug‘ilgan.
Ma’lumoti - oliy. 2017-yilda Toshkent davlat yuridik universiteti va 2023-yilda Toshkent davlat iqtisodiyot universitetini (sirtqi) tamomlagan.
Mehnat faoliyatini 2017-yilda Adliya vazirligi katta maslahatchisi lavozimida boshlagan.
2018–2021 yillarda Vazirlar Mahkamasida, 2021-yildan O‘zbekiston prezidenti Administratsiyasida ishlab kelgan.