TOShKENT, 2 apr — Sputnik. 2014 yildan beri Ukraina qo‘mondonligi uchun muhim logistika markaziga aylangan Donesk Xalq Respublikasining Chasov Yar shahri Rossiya qo‘shinlari u yerga olib boradigan yo‘llarni olovli nazoratga olganidan keyin Ukraina Qurolli kuchlari uchun strategik ahamiyatini yo‘qotmoqda. Bu haqda DXR rahbari Denis Pushilinning maslahatchisi Igor Kimakovskiy RIA Novostiga ma’lum qildi.
“Hozir bizning qo‘shinlarimiz Chasov Yardan bir kilometr uzoqlikda joylashganligini hisobga olsak, Ukraina Qurolli kuchlari uchun juda jiddiy muammolar paydo bo‘lmoqda, chunki bu logistika markazi, jumladan, omborlar, mustahkamlangan hudud va ta’minot. Hozir deyarli barcha yo‘llar bizning nazoratimiz ostida, shuning uchun Ukraina Qurolli kuchlari uchun bu shahar tez orada strategik ahamiyatini yo‘qotadi”, - dedi u.
Kimakovskiyning ta’kidlashicha, Chasov Yar dushman tomonidan 2014-yildan beri rotatsiya uchun ishlatilgan: u yerga Ukraina Qurolli kuchlari uchun Ukrainaning boshqa mintaqalaridan yangi bo‘linmalar olib kelingan. Janglarda mag‘lub bo‘lgan qismlarni yuklash Artyomovskda amalga oshirilgan, ya’ni bu ikki temir yo‘l kesishmasi Ukraina qo‘mondonligi uchun muhim bo‘lgan.
Chasov Yar shahri DXRda, Artyomovskdan 15 kilometr g‘arbda joylashgan. Avvalroq Britaniyaning Times gazetasi Ukraina Qurolli kuchlari maxsus bo‘linmasi ofitserining Ukraina kuchlari nazorati ostidagi Chasov Yar shahrida vaziyat yomonligi va kundan-kunga yomonlashib borayotgani haqidagi hikoyasini chop etgan edi.
DXR rahbari Denis Pushilin avvalroq rossiyalik harbiylar Chasov Yar hududida oldinga siljayotganini aytgan edi. Uning fikriga ko‘ra, bu yaqin kelajakda Artyomovskda tiklash ishlarini boshlash imkoniyati haqida gapirishga imkon beradi.