TOShKENT, 2 apr — Sputnik. BMT Xavfsizlik Kengashi 2-aprel kuni Isroilning Damashqdagi Eron konsulligiga zarba bergani munosabati bilan Rossiya iltimosiga binoan yig‘ilish o‘tkazadi. Bu haqda Rossiya Federatsiyasining BMTdagi doimiy vakilining birinchi o‘rinbosari Dmitriy Polyanskiy o‘zining Telegram kanalida ma’lum qildi.
“Isroilning Damashqdagi Eron konsulligiga uyushtirgan havo hujumidan so‘ng, eronliklar BMT Xavfsizlik Kengashiga ushbu harakatni qoralashni so‘rab murojaat qildi”, - dedi Polyanskiy.
Uning so‘zlariga ko‘ra, Malta raisligi uni 2-aprel kuni soat 15:00 (Moskva vaqti bilan 22:00) ga belgilagan.
Isroilning Eronning Damashqdagi konsulligiga hujumi haqida nimalar ma’lum:
Eron OAVga ko‘ra, hujumda Islom inqilobi posbonlari korpusining 2 generali halok bo‘lgan, jami 8 kishi vafot etgan.
Rasmiy Tehron Eron Isroil hujumiga javob berish huquqini o‘zida saqlab qolishini ma’lum qildi.
Mamlakat TIV Vashington Isroilning harakatlari uchun javob berishi kerak, deb hisoblamoqda. Ayni paytda AQSh rasmiylari zarbadan xabari bo‘lmaganini va unda ishtirok etmaganini aytdi.
Rossiya TIV Isroil hujumini qoralab, mamlakat rahbariyatini Suriya va boshqa davlatlardagi provokatsion harbiy harakatlardan voz kechishga chaqirdi.