Yoshlarga 34 mlrd so‘mlik yordam ko‘rsatildi — agentlik

Mudofaa organlari tomonidan 4mln. yoshlar otaliqqa olindi, 123 ming yoshlar alohida rahbarlarga nomma-nom biriktirildi.
Sputnik
TOShKENT, 1 apr — Sputnik. “Yoshlar va biznesni qo‘llab-quvvatlash yili”da yoshlarni qo‘lllab-quvvatlash bo‘yicha keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilmoqda, deb xabar qildi Yoshlar ishlari agentligi.
"Joriy yil yanvar-mart oylarida 9 452 ta mahallada 8,3 million nafar “yoshlar balansi” shakllantirilib, ularning qiziqishi, qobiliyati va takliflarini amalga oshirishga qaratilgan “Yoshlar ombor kitobi” ishlab chiqildi", - deyiladi hisobotda
Ushbu ro‘yxatga ko‘ra, 123281 nafar alohida ishlash talab etiladigan, shuningdek, iste’dodli va iqtidorli yoshlar" davlat idoralari rahbarlariga nomma-nom biriktirildi.
Undan tashqari, Mudofaa organlari tomonidan 4mln yoshlar otaliqqa olindi.

Ijtimoiy-iqtisodiy yordam:

2024 yilda yoshlar yetakchilari tavsiyasi bilan 8 ming 563 nafar yoshga 34,1 mlrd so‘mlik ijtimoiy-iqtisodiy ko‘mak ko‘rsatildi.
“Yoshlar daftari” orqali yoshlarga ko‘rsatiladigan yordam turlari 30 taga yetdi, murojaatlarni ko‘rib chiqish muddati esa 30 kundan 5 kungacha qisqardi.
1500 nafar yoshlarni xorijiy til, zamonaviy kasb va IT mutaxassisligiga o‘qitish maqsadida, hududlardagi 100 ta xususiy o‘quv markazlarida o‘qish xarajatlarini qoplash uchun 3,5 mlrd so‘m mablag‘ ajratildi.
Bundan tashqari, yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish maqsadida “Besh tashabbus olimpiadasi”, sport musobaqalari, “Yoshlar ovozi” tanlovi va boshqa qator tadbirlar boshlandi.