Turkiyada mahalliy saylovlarda muxolifat g‘olib chiqdi. Erdog‘an uchun bu jiddiy ogohlantirish

Turkiyada mahalliy saylovda muxolifat g‘olib chiqdi va muddatidan oldin prezident va parlament saylovlari o‘tkazishni taklif qildi.
Sputnik
TOShKENT, 1 apr – Sputnik. Turkiyada 31-mart kuni bo‘lib o‘tgan mahalliy saylovda hukumat partiyasi so‘nggi 20-yilda ilk bor yutqazib qo‘ydi. Bu Erdog‘an uchun jiddiy ogohlantirish, deb yozmoqda mahaliy OAVlar.
Shahar merlari lavozimi uchun kurashda Xalq Respublika partiyasi (XRP) 37,7% ovoz to‘plagan bo‘lsa, xukumatning Adolat va rivojlanish partiyasi (ARP) 35,4 % ovoz to‘plashga muvaffaq bo‘ldi. Mintaqaviy kengashlar uchun kurashda XRP 34,4%, ARP 32,4% ovoz jamlashga muvaffaq bo‘ldi.
Mahalliy ekspertlar xulosasiga ko‘ra yozishiga ko‘ra. bunga birinchi navbatda mamlakat iqtisodidagi muammolar sabab bo‘lmoqda.
Ma’lumot uchun, Turkiyada 2023-yilda inflyatsiya 65%ni tashkil qilgan. Turkiya Markaziy banki prognoziga ko‘ra 2024-yilda bu ko‘rsatkich 36 %, 2025-yilda esa 14% bo‘lishi kutilmoqda.
Mahalliy saylovlarda qo‘lga kiritilgan g‘alaba fonida muxolifat partiyasi muddatidan oldin prezident va parlament saylovi o‘tkazishni taklif qildi.

Lekin Turkiya prezidenti ma’muriyati bu taklifini rad etib, Rajab Toyyib Erdo‘g‘onning prezidentlik muddati 2028-yilgacha davom etishini va muxolifatni mahalliy saylovlarda erishilgan g‘alaba asosida “behuda urinmaslikka” chaqirdi.

Shu bilan birga Erdog‘an ma’muriyati 2028-yilgacha qadar barcha sohalarda islohot siyosatini olib borishi, prezident Erdog‘an Turkiyani mustaqil va kuchli davlatga aylantirish yo‘lida yangi bosqichlarga chiqishi ta’kidlandi.