Shavkat Mirziyoyev Xitoy jamoat xavfsizlik vazirini qabul qildi

Uchrashuvda jinoyatchilikka qarshi kurashda zamonaviy axborot texnologiyalari va innovatsion usullarni joriy qilish masalalari muhokama qilindi.
Sputnik
TOShKENT, 1 apr — Sputnik. O‘zbekiston grezidenti Shavkat Mirziyoyev 1-aprel kuni Xitoy Davlat kengashi a’zosi, jamoat xavfsizligi vaziri Van Saoxun boshchiligidagi delegatsiyani qabul qildi.

Uchrashuvda xavfsizlikka nisbatan zamonaviy xatar va tahdidlarga qarshi kurashishda amaliy hamkorlikni yanada kengaytirish va birgalikdagi sa’y-harakatlarni muvofiqlashtirish masalalari ko‘rib chiqildi, - deyiladi xabarda.

Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston va Xitoy o‘rtasidagi do‘stlik va strategik sheriklik munosabatlari yuksak darajaga ko‘tarilganini alohida mamnuniyat bilan ta’kidladi va huquqni muhofaza qilish idoralari orasida hamkorlik uchun salohiyat va imkoniyatlar mavjudligini qayd etdi.
Shavkat Mirziyoyev Xitoy jamoat xavfsizlik vaziri Van Saoxunni qabul qildi
Xususan, jamoat xavfsizligining asosiy yo‘nalishlari bo‘yicha tajriba almashish va qo‘shma tadbirlar o‘tkazish, zamonaviy axborot texnologiyalari va innovatsion usullarni joriy qilish, kiberjinoyatchilikka qarshi kurashish, malakali mutaxassislarni tayyorlash va boshqalar ko‘rsatib o‘tildi.
Van Saoxun O‘zbekiston prezidentiga Si Szinpinning salomi va eng ezgu tilaklarini yetkazdi va ko‘rsatilayotgan mehmondo‘stlik uchun minnatdorlik bildirdi.
Shavkat Mirziyoyev Xitoy jamoat xavfsizlik vaziri Van Saoxunni qabul qildi