Samarqandda APTFF forumi boshlandi

Spikerlar savdo, transport, logistika, raqamlashtirish, elektron ma’lumot almashuv boshqa yangi biznes mexanizmlari ishlab chiqish haqida nutq so‘zlaydi.
Sputnik
TOShKENT, 1 apr — Sputnik. Bugun, 1-aprel kuni, Samarqand shahrida Osiyo-Tinch okeani mintaqasida savdoni soddalashtirish masalalariga bag‘ishlangan 11-forum (APTFF) o‘z ishini boshladi.

Forum dasturida o‘zaro savdoni osonlashtirish va raqamlashtirish, savdo jarayonini ekologiya jihatidan yaxshilash masalalari bo‘yicha guruh muhokamalari va sessiyalar rejalashtirilgan.

Samarqandda APTFF forumi
Spikerlar savdo, transport, logistika, raqamlashtirish, elektron ma’lumot almashuv boshqa yangi biznes mexanizmlari ishlab chiqish orqali savdo tartib-taomillarini soddalashtirish haqida nutq so‘zlaydi.

Eng samarali chora-tadbirlar qatorida chegara hududlarida zamonaviy savdo-logistika markazlari, soddalashtirilgan bojxona yo‘laklari va maxsus iqtisodiy zonalarni tashkil etish bo‘yicha chora-tadbirlar belgilandi.
Samarqandda APTFF forumi
Forum doirasida bir qator uchrashuvlar bo‘lib o‘tdi, unda O‘zbekistonning hamkor davlatlar va xalqaro tashkilotlar bilan munosabatlarning joriy holati va ularning hajmini oshirish rejalari muhokama qilindi.
Forumda dunyoning 30 ta davlatidan 250 nafardan ortiq xorijiy mehmonlar, jumladan, 10 tadan ortiq xalqaro tashkilot vakillari ishtirok etmoqda. Forum o‘z ishini 5-aprelga qadar davom ettiradi.
Samarqandda APTFF forumi