TOShKENT, 1 apr — Sputnik. Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi (YeOII) davlatlarida 2018-2022 yillar davomida aholi nomnal oylik daromadi miqdori 30% dan 50% gacha oshdi. Bu Yevroosiyo iqtisodiy kengashi (YeIK) tomonidan e’lon qilingan statistik hisobotdan ma’lum bo‘ldi.
Rossiyada nominal maoshlar 2018-yilda 699 dollardan 2022-yilda 969 dollargacha oshgan. Bu 38,6 % o‘sishni anglatadi.
Qozog‘istonda maoshlar ushbu davr ichida 472 dollardan 673 dollargacha oshgan. Bu 42,6 % o‘sishni anglatadi.
Belarusda maoshlar 476 dollardan 623 dollargacha oshgan. Bu 30,9 % o‘sishni anglatadi.
Armanistonda 358 dollardan 541 dollargacha oshib, o‘sish — 51,1 % ni tashkil qilgan.
Qirg‘izistonda maoshlar 239 dollardan 316 dollarga oshib, o‘sish 32,2%ni tashkil qildi.
Shu bilan birga yuqoridagi mamlakatlarda qashshoqlik darajasi kamayishi ham qayd etilgan. Xususan, Armanistonda 1,7 punktga, Belarusda – 0,2, Qirg‘izistonda — 0,1, Rossiyada – 1,2, punktga kamaygan. Qozog‘istonda ushbu ko‘rsatgich o‘zgarishsiz qoldi.
Uy xo‘jaliklari xarajatlari tarkibida eng katta ulush oziq-ovqat mahsulotlariga to‘g‘ri keldi: Rossiyada 32,9% , Qozog‘istonda 51,2%.