TOShKENT, 1 apr — Sputnik. Toshkent viloyatida “Chiqindisiz dunyo uchun!” keng ko‘lamli plogging-tadbir bo‘lib o‘tdi.
Undan ko‘zlangan asosiy maqsad — fuqarolarning o‘z ona yurtiga munosabatini o‘zgartirish, atrof-muhitni muhofaza qilish, chiqindilar va chiqindilarni saralashni o‘rgatish, barqaror iste’mol va ishlab chiqarish g‘oyasini ilgari surishdan iborat.
Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi hamda Respublika sanitariya-tozalash ishlarini tashkil etish markazi tashabbusi bilan tashkil etilgan tadbir Xalqaro chiqindiga qarshi kurash kuniga bag‘ishlandi.
“Hozirgi maqsadimiz bu hududni axlatdan tozalashdir. Atrof-muhitga yordam bering, chiqindilarni olib tashlang”, - dedi ishtirokchi Nargiza Isayeva.
Musobaqada 7 ta jamoa ishtirok etdi. Ko‘ngillilar "Toshkent dengizi" suv ombori qirg‘oq hududini chiqindilardan tozalashdi. Respublika bo‘yicha tadbirda jami 8 mingga yaqin yoshlar ishtirok etishdi va ular jami 228 tonna chiqindi jamlashdi. Tadbirning eng faol ishtirokchilariga mukfotlar berildi.