Ertadan Qo‘qon va Mo‘ynoq aeroportlari parvozlarni qabul qila boshlaydi

Qo‘qon va Mo‘ynoq shaharlaridagi ikkita hududiy aeroportlar reyslarni qabul qilishga tayyor.
Sputnik
TOShKENT, 31 mar — Sputnik.​​ Aprel oyining ilk kunidan Qo‘qon va Mo‘ynoq aeroportlari parvozlarni qabul qila boshlaydi. Bu haqda Uzbekistan Airports ma’lum qildi.
Qo‘qon va Mo‘ynoq shaharlaridagi ikkita hududiy aeroportlar reyslarni qabul qilishga tayyor.
“Uzbekistan Airways aviakompaniyasi tomonidan joriy yilning 1-aprelidan boshlab Qo‘qon — Toshkent, shuningdek, Mo‘ynoq — Nukus yo‘nalishlarida havo qatnovi yo‘lga qo‘yiladi”, — deyiladi xabarda.
Parvozlar yengil L-410 samolyotlarida amalga oshiriladi.
Toshkent — Qo‘qon — Toshkent yo‘nalishida qatnovlar har kuni amalga oshiriladi:
Toshkentdan uchish soat 11:30da, Qo‘qonga qo‘nish soat 12:30;
Qo‘qondan uchish soat 13:00da, Toshkentga yetib kelish soat 14:00.
Nukus — Mo‘ynoq — Nukus yo‘nalishi bo‘yicha parvozlar haftasiga uch marta — dushanba, juma va yakshanba kunlari amalga oshiriladi.
Nukusdan jo‘nab ketish soat 09:00da, Mo‘ynoqga yetib kelish 09:35;
Mo‘ynoqdan jo‘nash soat 10:05da, Nukusga yetib kelish 10:40.
Legkiy turbovintovoy samolet
Ma’lumot uchun, LET L-410 rusumli samolyotlar O‘zbekistonning turli shaharlariga parvozlarni amalga oshirish uchun mo‘ljallangan va o‘z ichiga 19 nafar yo‘lovchini sig‘dira oladi. Ushbu samolyot respublika ichidagi mahalliy yo‘nalishlarni rivojlantirish doirasida xarid qilingan.