TOShKENT, 31 mar — Sputnik. Dzudo bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi Turkiyada o‘tayotgan “Katta dubulg‘a” turnirida o‘zining dastlabki medaliga ega chiqdi, deya xabar berdi Milliy olimpiya qo‘mitasi.
Dzudo bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi Antalya “Katta dubulg‘a” turnirida o‘zining dastlabki medaliga ega chiqdi. -73 kg vazn toifasida yurt sharafini himoya qilgan Shahram Ahadov bronza medaliga sazovor bo‘ldi.
“Hamurtimiz uchinchi o‘rin uchun kechgan bahsda tojikistonlik Abubakr Sherovdan ustun keldi. Bu natija Ahadovga jahon va Parij-2024 Olimpiadasi reytingi uchun 500 ochko taqdim etadi”, — deyiladi xabarda.
Ma’lumot uchun, 29-mart kuni Turkiyaning Antalya shahrida dzudo bo‘yicha “Katta dubulg‘a” turniri boshlandi. Unda 93 mamlakatdan 628 nafar sportchi ishtirok etmoqda. Bungacha o‘zbekistonlik sportchilar “Katta dubulg‘a” turnirlarida 1 ta oltin va 4 ta bronza medallarni qo‘lga kiritishgan.