TOShKENT, 30 mar — Sputnik. Bu yil aprel oyi quruq va o‘rtacha iliq ob-havo bilan boshlanadi. Bu haqda O‘zgidromet xabar berdi.
Birinchi besh kunlikda havo +15-20 daraja iliqqacha isiydi, kechalari harorat +5-10 daraja iliq atrofida bo‘ladi.
Ushbu davrda respublikaning tog‘oldi va tog‘li hududlarida yog‘ingarchilik bo‘lishi ehtimoli ko‘proq. Tekislik hududlarda asosan yog‘ingarchiliksiz ob-havo bo‘ladi, faqat Samarqand, Qashqadaryo, Surxondaryo viloyatlarida 2-3 aprel kunlari ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘ishi mumkin.
Aprel oyi birinchi o‘n kunligining ikkinchi yarmida harorat asosan kechalari +8-13 daraja iliq, kunduz kunlari +18-23 daraja iliq bo‘ladi.
Ikkinchi va uchinchi o‘n kunliklarda harorat kechalari +2-7 daraja iliqdan +10-15 daraja iliqqacha, kunduz kunlari +13-18 daraja iliqdan +25-30 darajagacha o‘zgarib turadi.
Oylik yog‘ingarchilik miqdori meyordan kam, ba’zi joylarda meyor atrofida bo‘ladi.