Toshkentda "Avtomobilsiz kun" qanday o‘tdi — video

Bundan buyon har oyning to‘rtinchi chorshanbasida Toshkent shahrida "Avtomobilsiz kun" tadbiri o‘tkaziladi — Hukumat topshirig‘i.
Sputnik
TOShKENT, 29 mar — Sputnik. Bugun poytaxtda “Avtomobilsiz kun” tadbiri bo‘lib o‘tdi.

Bir qator hokim va vazirlar ushbu tashabbusni qo‘llab-quvvatlab, ish joylariga jamoat transportida, piyoda yoki velosipedda yo‘l olishdi.

Ayrim davlat tashkilotlari butun jamoa bo‘lib, ushbu tashabbusni qo‘llab-quvvatlashdi. Masalan, Transport vazirligi va Bojxona qo‘mitasi.

"Avtomobilsiz kun" tadbiridan ko‘zlangan maqsadlar: sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, jamoat transportini rivojlantirish, atrof-muhitni himoya qilish, tirbandliklarni kamaytirish va boshqalar.

Ma’lumot uchun, O‘zbekiston Hukumati topshirig‘iga binoan, 2024-yil mart oyidan boshlab har oyning to‘rtinchi chorshanbasida Toshkent shahrida "Avtomobilsiz kun" tadbiri o‘tkaziladi. Ushbu kunda vazirlik va idoralar, hududiy ijro hokimiyatlar rahbar va mas’ul xodimlari ish joyiga jamoat transportida kelib, jamoatchilikka namuna ko‘rsatishi belgilandi.

Batafsil Sputnik videosida ko‘ring!