So‘nggi teraktlar ShHT MATT salohiyatini oshirishni talab qiladi — Mirzayev

Eron, Pokiston va Rossiyada sodir bo‘lgan so‘nggi terror xurujlari ShHT MATT salohiyatini oshirishni talab qiladi.
Sputnik
TOShKENT, 29-mart – Sputnik. Shanxay hamkorlik tashkiloti Mintaqaviy aksilterror tuzilmasi salohiyatini oshirish zarur, dedi ShHT MATT ijroiya qo‘mitasi direktori Ruslan Mirzayev.
“Eron, Pokiston va Rossiyada sodir bo‘lgan teraktlar ShHT MATT oldida turgan vazifalarning dolzarbligini va tashkilotimiz salohiyatini yanada oshirish zarurligini ko‘rsatdi”, — dedi Mirzayev tadbirning ochilishida.
Mirzayev ushbu teraktlarning tashkilotchilari, ijrochilari va sheriklari topilib, javobgarlikka tortilishiga ishonch bildirdi.
“Bu fikr ShHTga a’zo barcha davlatlar tomonidan qo‘llab-quvvatlanadi va Rossiya Federatsiyasi, Eron Islom Respublikasi va Pokiston Islom Respublikasiga qonli jinoyatlarni tergov qilishda har qanday yordam ko‘rsatishga tayyor”, — deya qo‘shimcha qildi ShHT MATT ijrochi qo‘mita direktori.
ShHT davlatlarirazvedka xizmatlari Moskva yaqinidagi Krokus Siti Xoll konsert zalida sodir etilgan teraktni tergov qilishda Rossiya xavfsizlik kuchlari bilan hamkorlik qilishga tayyor. Bu haqda TASS agentligiga ShHT Mintaqaviy aksilterror markazi (MATT) ijroiya qo‘mitasi direktori Ruslan Mirzayev ma’lum qildi.
“ShHT MATT va Shanxay hamkorlik tashkilotiga a’zo mamlakatlar razvedka xizmatlari Moskva viloyatidagi “Krokus Siti Xoll” savdo-ko‘ngilochar markazida sodir etilgan dahshatli terrorchilik harakatini tergov qilishda rossiyalik hamkasblari bilan hamkorlik qilishga tayyor”, — dedi u. dedi.
“Suhbat chog‘ida tomonlar terrorizmning global va mintaqaviy miqyosdagi namoyon bo‘lishi masalalari yuzasidan fikr almashdilar, tashkiliy va boshqa masalalarni atroflicha muhokama qildilar”, — deya qo‘shimcha qildi matbuot xizmati.

Bugun Toshkentda ShHT Mintaqaviy aksilterror tuzilmasi (MATT) Kengashining 41-majlisi bo‘lib o‘tmoqda. Unda Hindiston, Qozog‘iston, Xitoy, Qirg‘iziston, Pokiston, Rossiya, Tojikiston, O‘zbekiston va boshqa davlatlarning vakolatli organlari delegatsiyalari ishtirok etmoqda.