Xitoy kompaniyasi O‘zbekistonda avtomobil yo‘llarini qurish bo‘yicha taklif ishlab chiqmoqda

Xitoy kompaniyasi loyihalarni o‘rganish ishlarini olib bormoqda.
Sputnik
TOShKENT, 28 mar — Sputnik. Xitoy kompaniyasi talabga javob beradigan avtomobil yo‘llarini qurish bo‘yicha taklif ishlab chiqmoqda. Bu haqda Transport vazirligi xabar berdi.
Transport vazirligida Xitoy Xalq Respublikasining “CITIC Construction” kompaniyasi bilan avtomobil yo‘llarini qurish va rekonstruksiya qilish yo‘nalishidagi loyihalar muhokamasiga bag‘ishlangan navbatdagi uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
"Kompaniya Pungan-Namangan, Toshkent-Chinoz avtomobil yo‘llarini rekonstruksiya qilish bilan birga yangi pullik yo‘llarni qurish bo‘yicha o‘z xalqaro tajribasi bilan mamlakatning transport infratuzilmasini yaxshilashda ishtirok etish xohishini bildirdi", — deyiladi xabarda.
Qayd etilishicha, bunda qurilish sohasidagi zamonaviy yechimlar qo‘llaniladi.
Transport vaziri o‘z navbatida ushbu yo‘llar xalqaro standartlarga javob beradigan, zamonaviy texnologiyalarni qo‘llagan holda qisqa vaqtda qurilishi hamda qurilish tannarxini arzonlashtirishga alohida e’tibor qaratilishi lozimligini ta’kidlab o‘tdi.
"Kompaniya loyihalarni o‘rganish ishlarini olib borayotgani, yaqin kunlarda barcha talablarga javob beradigan loyiha takliflarini taqdim etishini ma’lum qildi", — deya qo‘shimcha qilingan xabarda.
Xitoy O‘zbekistondagi pulli avtomobil yo‘llarini qurishda ishtirok etmoqchi
Yo‘l qurilishiga xususiy sektor jalb qilinadi
Eslatib o‘tamiz, o‘tgan yili Xitoyning “CITIC Construction” kompaniyasining qishloq xo‘jaligi boshqarmasi bosh direktori o‘rinbosari Vang Ibo boshchiligidagi ishchi guruh Sirdaryo viloyatiga tashrif buyurgan edi. Unda kompaniya vakillari viloyat hokimi bilan qishloq xo‘jaligi, oziq-ovqat sanoati, logistika, uy-joy va yo‘l qurilishi yo‘nalishlarida hamkorlik istiqbollarini muhokama qilishgan.