Toshkentda Xalqaro teatr kuni qanday nishonlandi?

O‘zbekistonda “Teatr haftaligi” bo‘lib o‘tdi. 21-martdan 27-martgacha barcha spektakllar va teatr tadbirlari bepul bo‘ldi.
Sputnik
Butunjahon teatr kuni munosabati bilan barcha davlat teatrlarida “Ochiq eshiklar” haftaligi o‘tkaziladi. Haftalik doirasida Toshkentdagi teatrlar mamlakatning eng chekka hududlariga gastrol safarini amalga oshirdi.
Haftalik doirasida eng sara asarlar muxlislar e’tiboriga havola etildi. Asosiysi, barcha spektakllarga kirish bepul bo‘ldi.
“Inson ma’naviyatini yuksaltirishda teatr san’atining o‘rni beqiyos. Zero, san’at insonni ma’naviy boyitadi, ijodiy qobiliyatlarni rivojlantiradi, ezgulikka o‘rgatadi”, – dedi ijodiy kechada madaniyat vazirining birinchi o‘rinbosari Avazxon Tojixonov.
Teatr haftaligining yopilish marosimi qanday o‘tdi – Sputnik O‘zbekiston lavhasida