O‘zbekiston va Qozog‘iston sport bo‘yicha hamkorlikni yanada rivojlantiradi

Sport vaziri Qozog‘istonning O‘zbekistondagi elchisi bilan uchrashdi.
Sputnik
TOShKENT, 28 mar — Sputnik. O‘zbekiston va Qozog‘iston o‘rtasida sport sohasidagi hamkorlikni yanada rivojlantirishga kelishib olindi. Bu haqda Sport vazirligi xabar berdi.
Sport vaziri Adham Ikramov Qozog‘istonning O‘zbekistondagi elchisi Beybut Atamqulov bilan uchrashdi.
Atamkulov O‘zbekiston ommaviy sportni rivojlantirish borasida salmoqli muvaffaqiyatlarga erishayotganini va bu Qozog‘iston uchun ushbu yo‘nalishda ishlashga turtki bo‘layotganini ta’kidladi.
“Qozog‘iston vakillari davlat rahbari siyosati tufayli O‘zbekistonda eshkak eshish, shaxmat va xokkey, boks va yakkakurash kabi sport turlari jadal rivojlana boshlaganini ta’kidladi”, — deyiladi xabarda.
Og‘ir atletika va futbol: Mirziyoyevga sport turlarini ommalashtirish rejalari taqdimot qilindi
Uchrashuv davomida O‘zbekiston delegatsiyasining Jahon ko‘chmanchilar o‘yinlarida ishtirok etish masalasi ham muhokama qilindi.
"Uchrashuv yakunida tomonlar sport sohasidagi hamkorlikni yanada rivojlantirish, qo‘shma sport tadbirlari va o‘quv-mashg‘ulot yig‘inlarini o‘tkazishga kelishib olishdi", — deya qo‘shimcha qilingan xabarda.
Kelishuv ikki davlat jismoniy tarbiya oliy o‘quv yurtlari o‘rtasida bevosita aloqalarni o‘rnatish, sport tadbirlarining kalendar rejalarini almashish kabi masalalari ham nazarda tutadi.