G‘arb Ukrainadagi manfaatlari haqida ochiqchasiga gapirdi — Rossiya TIV

TIV: AQShning munosabatlarga yondashuvida bunyodkorlikdan asar ham qolmadi.
Sputnik
TOShKENT, 26 mar — Sputnik. G‘arb birinchi marta Ukraina mojarosida o‘z manfaatlari haqida shunchalik ochiq gapirdi, AQShning xalqaro munosabatlarga yondashuvida bunyodkorlikdan asar ham qolmadi. Bu haqda Rossiya TIV rasmiy vakili Mariya Zaxarova ma’lum qildi, deb yozmoqda RIA Novosti.
Avvalroq Borrell Yevropa Ittifoqi Rossiyaga “bu urushda g‘alaba qozonishiga” yo‘l qo‘ymasligini, chunki AQSh va Yevropa manfaatlari zarar ko‘rishini va bu nafaqat Ukrainani saxovatpeshalik va qo‘llab-quvvatlash masalasi, balki Yevropaning ham o‘z manfaatlariga mos kelishini aytdi.
“G‘arb rejimlari vakili birinchi marta sodir bo‘layotgan voqealarning mohiyati haqida ochiq gapirdi. Gap g‘arbliklar amalda yo‘q qilgan "ukrainaliklarga muhabbat" emas. Qo‘shma Shtatlar o‘z gegemonligini saqlab qolish, dunyo ishlarida susayib borayotgan rolini saqlab qolish istagida. Amerikaning xalqaro munosabatlarga yondashuvida bunyodkorlikdan asar ham qolmadi”, — deb yozadi Zaxarova.
Uning qo‘shimcha qilishicha, liberal demokratlar faqat qanday qilib yo‘q qilishni bilishadi va bu mahoratni hukmronlik kafolati sifatida ko‘rishadi.
"Yevropa Ittifoqining hozirgi bosqichdagi vazifasi hech kim fikrini so‘ramagan o‘z fuqarolarining puliga sotib olingan patronlarni majburiy ravishda yetkazib berishdir", — deya qo‘shimcha qildi u.
AQSh dunyoni boshqaramiz deb o‘ylaydi — amerikalik ekspert