Matbuot markazi

Mashhur platformalar uchun video kontent: Toshkentda SputnikPRO mahorat darsi bo‘lib o‘tadi

Sputnik MDH va Boltiqbo‘yi mamlakatlaridagi multimedia markazlari direksiyasi hamda “Rossiya segodnya” media guruhining video ishlab chiqarish bo‘yicha mutaxassisi Toshkentdagi “SputnikPRO”da so‘zga chiqadi.
Sputnik
TOShKENT, 25 mar — Sputnik. Toshkentda SputnikPRO bo‘lib o‘tadi. Spiker sifatida “Rossiya segodnya” media guruhi, Sputnik MDH va Boltiqbo‘yi mamlakatlaridagi multimedia markazlari direksiyasining video ishlab chiqarish bo‘yicha mutaxassisi Dmitriy Budansev taklif etilgan.
U video yaratish "asoslari" va videoning bir shaklini boshqasiga qanday aylantirish, qaysi "asosiy" kontentda ko‘rishlar sonini ko‘paytirishga yordam berishi, YouTube, TikTok va Telegram uchun videolar o‘rtasidagi farq haqida so‘z yuritadi.
SputnikPRO 27-mart kuni soat 10:00 da O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti Xalqaro jurnalistika fakulteti binosi, 127-xonada bo‘lib o‘tadi.
Manzil: Toshkent sh. Lutfiy ko‘chasi, 8-uy.