"Krokus"dagi terakt ishi bo‘yicha barcha ayblanuvchilar hibsga olindi

Mazkur ish bo‘yicha barcha to‘rt nafar ayblanuvchi hibsga olindi.
Sputnik
TOShKENT, 25 mar — Sputnik. Moskvaning Basmanniy sudi "Krokus"dagi terakt ishi bo‘yicha barcha ayblanuvchilarni hibsga oldi, deb xabar berdi RIA Novosti.
"Krokus siti xoll"da terakt sodir etishda ayblangan to‘rtinchi shaxs Muhammadsobir Fayzov 22-mayga qadar hibsga olindi.
Avvalroq Dalerjon Mirzoyev, Saidakram Rajabalizoda va Shamsidin Faridun hibsga olingan edi.

“Sud qaror qildi: tergovchining iltimosnomasi qanoatlantirilsin, Fayzov Muhammadsobir Zokirjonovichga nisbatan qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasi belgilansin”, — deyiladi sud qarorida.

Ayblanuvchi Tojikistonda 2004-yilda tug‘ilgan, o‘rta ma’lumotli, vaqtincha ishsiz, bungacha Ivanovo shahridagi sartaroshxonada sartarosh bo‘lib ishlagan va shu yerda ro‘yxatga olingan. Unga sudya bilan muloqot qilish uchun tarjimon kerak bo‘ldi.
Fayzov nogironlar aravachasida shifokorlar hamrohligida sudga olib borildi.
O‘zbekistondagi siyosatchilar “Krokus”dagi terakt munosabati bilan hamdardlik bildirishdi