Tanzila Narbayeva Moskvada sodir etilgan terakt munosabati bilan hamdardlik bildirdi

Tanzila Narbayeva Valentina Matviyenko va Vacheslav Volodinga ta’ziya maktubi yo‘lladi.
Sputnik
TOShKENT, 24 mar — Sputnik. Oliy Majlis Senati raisi Moskvada sodir etilgan terakt munosabati bilan hamdardlik bildirdi, deya xabar berdi yuqori palata matbuot xizmati.
Oliy Majlis Senati raisi Tanzila Narbayeva Moskvada sodir etilgan terakt munosabati bilan Rossiya Federatsiyasi Federal Majlisi Federatsiya Kengashi raisi Valentina Matviyenko va Davlat Dumasi raisi Vacheslav Volodinga ta’ziya maktubini yo‘lladi.
Maktubda “Krokus Siti Xoll" konsert zalida yuz bergan terrorchilik xuruji oqibatida ko‘plab begunoh insonlarning hayotdan ko‘z yumgani va jiddiy jarohat olgani munosabati bilan Oliy Majlis Senati va shaxsan o‘z nomimdan Sizga va marhumlarning yaqinlariga chuqur hamdardlik bildiraman”, deya qayd etilgan.
“Biz tinch aholi vakillariga qaratilgan har qanday hujumni keskin qoralaymiz. Barcha jarohat olganlar tez fursatda sog‘ayib ketishini tilaymiz”, — deyiladi maktubda.
Rossiyada “Krokus”dagi teraktda halok bo‘lganlar uchun motam kuni boshlandi