TOShKENT, 24 mar — Sputnik. Yakshanba kuni Rossiyada Moskva yaqinidagi “Krokus Siti xoll”dagi teraktda halok bo‘lganlar uchun umummilliy motam kuni boshlandi - bu mamlakatning zamonaviy tarixida o‘ttizinchi motam kuni hisoblanadi, deya xabar berdi RIA Novosti.
24 martni motam kuni deb e’lon qilish qarorini bir kun avval Rossiya prezidenti Vladimir Putin maxsus murojaatida rossiyaliklarga e’lon qilgan edi.
U Moskva viloyatida sodir bo‘lgan voqeani qonli, vahshiy terrorchilik harakati deb atadi va jinoyatchilar, tashkilotchilar va buyurtmachilar adolatli va muqarrar jazoga tortilishiga va’da berdi.
Rossiyada Motam kunini e’lon qilish huquqiga faqat prezident ega. Shu kuni davlat bayroqlari tushiriladi va madaniyat muassasalariga ko‘ngilochar tadbirlarni bekor qilish tavsiya etiladi. Telekanallar reklama va ko‘ngilochar dasturlardan voz kechmoqda.