TOShKENT, 23 mar — Sputnik. O‘zbekiston 2024-yilning yanvar-fevral oylarida qiymati 519,4 mln AQSh dollarlik to‘qimachilik mahsulotlarini eksport qildi. Bu haqda Statistika agentligi ma’lumotlari darak bermoqda.
Bu ko‘rsatkich umumiy eksportning 14,3 % ini tashkil etib, o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 3 % ga oshgan.
Eksport qilingan to‘qimachilik mahsulotlari tarkibida tayyor to‘qimachilik mahsulotlari (37,4 %), kalava-ip (47,7 %) asosiy ulushni egallagan. 2024-yilning yanvar-fevral oylarida 496 turdagi to‘qimachilik mahsulotlari dunyoning 52 ta davlatiga eksport qilingan.
To‘qimachilik mahsulotlari tarkibida:
Kalava-ip – 247,8 mln;
Tayyor to‘qimachilik mahsulotlari – 194,4 mln;
Trikotaj mato – 42,8 mln;
Gazlamalar – 26,8 mln;
Paypoq mahsulotlari – 7,7 mln.