Tojikistonda bo‘lgan zilzila kuchi O‘zbekistonda ham sezildi

Episentrdagi zilzila magnitudasi — 5,4 bo‘lgan. Uning kuchi Farg‘onada 3 ballni tashkil etdi.
Sputnik
TOShKENT, 22 mar — Sputnik. Bugun, 22-mart kuni, ertalab Tojikistonda sodir bo‘lgan zilzila kuchi O‘zbekistonning ayrim viloyatlarida ham sezildi. Bu haqda Seysmoprognostik monitoring respublika markazi ma’lum qildi.
Episentrdagi zilzila magnitudasi — 5,4. Chuqurligi esa 15 kilometrni tashkil qilgan. Zilzila episentridan Toshkentgacha bo‘lgan masofa — 313 km janubiy-sharqda.
O‘zbekiston hududida sezilish kuchi:
Farg‘ona viloyatida 3 ball, 122 km.
Andijon viloyatida 2−3 ball, 172 km.
Namangan viloyatida 2−3 ball, 192 km.
Sirdaryo viloyatida 2 ball, 294 km.
Toshkent shahrida 2 ball, 313 km.
O‘zbekiston hududida zilzila sodir bo‘ldi