Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi

Ukraina elektr tarmog‘i o‘z tarixida eng yirik hujumga uchradi

Rossiya Qurolli kuchlari Ukrainaning bir necha viloyatlaridagi eneregetika obyektlariga zarba berdi.
Sputnik
TOShKENT, 22 mar – Sputnik. Ukraina energetika tizimi o‘z tarixida eng kuchli hujumga uchradi, dedi "Ukrenergo" kompaniyasi rahbari Vadim Kudriskiy milliy TV efirida.

“Ukraina energetika tizimiga ertalab uyushtirilgan hujum barcha davrlarning eng kattasi bo‘lib, u turli xil qurollar yordamida amalga oshirildi. Hujum Ukrainaning turli viloyatlarida joylashgan, IES va GESlariga, shuningdek, "Ukrenergo" tomonidan boshqariladigan asosiy kuchlantirish stansiyalarida amalga oshirilgan”, - dedi Kudriskiy.

"Eng katta zarar Xarkov shahriga yetkazilgan", — deb qo‘shimcha qildi Kudriskiy. Xarkovda tank zavodi va ikkita issiqlik elektr stansiyasiga zarba berilgan. Shahar elektr ta’minotisiz qolgan.
Uning ta’kidlashicha, zarbalar nishonlari ishlab chiqarish obyektlari, yuqori voltli podstansiyalar va tarqatuvchi operatorlarning podstansiyalari bo‘lgan.

"Turli hududlarda, asosan, Dneprning chap qirg‘og‘ida energiya ta’minoti bo‘yicha cheklovlar mavjud. Dnepr GES shikastlangan, lekin to‘g‘on buzilishi xavfi yo‘q", - deya qo‘shimcha qildi Ukrenergo rahbari.

Rossiya Ukrainaning eneregtika obyektlariga zarba berdi
O‘tgan tunda va bugun ertalab havo hujumi haqida ogohlantirish butun Ukraina bo‘ylab e’lon qilindi. Portlashlar Ivano-Frankovsk, Xmelniskiy, Vinnitsa, Lvov viloyatlari, Kiyev, Xarkov, Krivoy Rog va Sumida sodir bo‘ldi.
Ommaviy axborot vositalari Odessa, Krivoy Rog, Kirovograd, Xmelniskiy, Dnepropetrovsk, Sumi, Dnepropetrovsk va Poltava viloyatlarida elektr ta’minotidagi uzilishlar bo‘layotgani haqida yozmoqda. Ukraina temir yo‘llari Xarkov viloyatida poyezdlar harakatida uzilishlar bo‘lgani, ular vaqtincha teplovozlarga o‘tayotgani haqida xabar berdi.
Rossiya Ukrainaning eneregtika obyektlariga zarba berdi
Rossiya harbiylari Ukraina infratuzilmasiga zarba bermoqda: energetika obyektlari, mudofaa sanoati, harbiy qo‘mondonlik va aloqa tizimlariga. Prezident matbuot kotibi Dmitriy Peskov Rossiya armiyasi Ukraina Qurolli kuchlari bilan janglarda turar-joy binolari yoki ijtimoiy obyektlarga zarba bermasligini ta’kidladi.
Ma’lumot uchun, so‘nggi hafta davomida Ukraina Qurolli kuchlari Rossiyaning harbiy harakatlar olib borilmayotgan chegaradosh hududlari Belgorod va Kursk viloyatlarining tinch aholisiga muntazam raketa hujumlari uyushtirmoqda hamda chegarani yorib o‘tish maqsadida diversion razvedka guruhlarini yubormoqda.

Xususan, 21-mart kuni Belgorod viloyatida "Vampire" tizimining 10 ta reaktiv snaradlari urib tushirilgan edi.

Ushbu munosabat bilan Rossiya hukumati xavfli hudulardan 9 ming nafar bolalarni evakuatsiya qilishga qaror qildi.
Rossiya Ukrainaning eneregtika obyektlariga zarba berdi