TOShKENT, 22 mar — Sputnik. Navro‘z bayrami kuni "Air Samarkand" kompaniyasi Istanbulga o‘zining birinchi muntazam parvozini amalga oshirdi.
Samarqand xalqaro aeroportida 21-mart kuni ertalab tantanali muhit hukm surdi. O‘zbekistonning "Air Samarkand" aviakompaniyasi Airbus A321neo samolyotida "Samarqand – Istanbul – Samarqand" yo‘nalishi bo‘yicha muntazam parvozlarni boshladi.
Kompaniyaning xabariga ko‘ra, Istanbul samarqandlik yo‘lovchilar uchun eng ommabop yo‘nalishlaridan biridir. To‘liq salon (221 yo‘lovchi) bilan amalga oshirilgan birinchi parvoz buning isboti bo‘ldi.
Samarqand — Istanbul birinchi parvoz
© Sputnik/Anna Jelixovskaya
"Air Samarkand" aviakompaniyasining PR direktori Oleg Ivanovning aytishicha, birinchi bosqichda parvozlar haftasiga ikki marta - dushanba va payshanba kunlari amalga oshiriladi. Samolyotlar Samarqanddan soat 8:00 da uchadi. Istanbuldan qaytish reyslari soat 12:30 da, Samarqandga 19:00 da yetib kelish rejalashtirilgan (har bir nuqta uchun mahalliy vaqt ko‘rsatilgan, farq 2 soat). Parvoz vaqti - 4,5 soat.
Aviakompaniya kelajakda parvozlar geografiyasini kengaytirishni rejalashtirmoqda.
“Tez orada biz yangi yo‘nalishlar – Tbilisi, Dubay va Jiddani ochamiz. Bundan tashqari, aprel oyidan boshlab Air Samarkand kurort yo‘nalishlari uchun charter dasturini ochadi va Pxuket, Baliga va Vyetnamdagi kurortlarga parvozlarni boshlaydi”, — dedi Oleg Ivanov.
Aviakompaniya elchisi bo‘lgan xonanda Sevara Nazarxon reysning ilk yo‘lovchilari bilan uchrashdi.
U nafaqat muxlislarga dastxat yozib berdi, balki samolyotga chiqishda interfon orqali o‘zining xitlaridan bir parchasini ijro etib, barchaga yoqimli parvoz tiladi.
Samarqand — Istanbul birinchi parvoz
© Sputnik/Anna Jelixovskaya
Malumot uchun, Air Samarkand — Samarqand xalqaro aeroportida joylashgan O‘zbekiston aviakompaniyasi. 2022-yil aprel oyida tashkil etilgan. Aviakompaniya parki zamonaviy Airbus A330, A321 va A321neo samolyotlaridan iborat. Kompaniya jamoasida nafaqat O‘zbekistondan, balki Rossiya va Turkiyadan ham mutaxassislar bor.
Aviakompaniyaning asosiy maqsadi samarqandliklar bilan bir qatorda qo‘shni viloyatlar aholisiga ham to‘g‘ridan-to‘g‘ri mashhur yo‘nalishlarga sayohat qilish, mehmonlarga esa oraliq punktlarni aylanib o‘tib, Samarqandga tashrif buyurish imkoniyatini berishdan iborat.
Samarqand — Istanbul birinchi parvoz
© Sputnik/Anna Jelixovskaya