TOShKENT, 22 mar — Sputnik. Bugun Qo‘qon aeroporti rasman ochildi, deb xabar qilmoqda Transport vazirligi.
Bugun "Toshkent – Qo‘qon – Toshkent" yo‘nalishi bo‘yicha "Silk avi"a kompaniyasi ATR-72 samolyotida ilk aviaqatnovni amalga oshirdi. Ilk parvozni kutib olish marosimi Qo‘qon aeroportining ochilish tantanalariga ulanib ketdi.
Ushbu yo‘nalishda doimiy parvozlar 1-apreldan boshlanishi ma’lum qilingan.
Ushbu yo‘nalishda doimiy parvozlar 1-apreldan boshlanishi ma’lum qilingan.
Marosimda Farg‘ona viloyati hokimi Xayrullo Bozorov, transport vaziri Ilhom Mahkamov, Avtomobil yo‘llari qo‘mitasi, “Uzbekistan Airways” va “Uzbekistan Airports” kompaniyalari rahbarlari, shuningdek, nuroniylar, yoshlar hamda keng jamoatchilik vakillari ishtirok etdi.