Prezident mahalla xodimlarini mukofotladi

Shavkat Mirziyoyev 38 nafar o‘zini o‘zi boshqarish tizimi xodimlarini mahallabay ishlash tizimini samarali yo‘lga qo‘yish borasidagi katta xizmatlari uchun mukofotladi.
Sputnik
TOShKENT, 22 mar — Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Mahalla tizimi xodimlari kuni munosabati bilan bir guruh xodimlarni mukofotladi.
"Mamlakatimizda o‘zini o‘zi boshqarish organlari faoliyatini yangi bosqichga ko‘tarish, jamiyatimizda mahallaning o‘rni va nufuzini yanada yuksaltirish, inson qadrini ulug‘lashga qaratilgan keng ko‘lamli islohotlarni amalga oshirish, mahallabay ishlash tizimini samarali yo‘lga qo‘yish borasidagi katta xizmatlari, ko‘p asrlik an’analarimizni asrab-avaylash, xalqimiz orasida do‘stlik va hamjihatlik muhitini mustahkamlash, oila institutini har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, sog‘lom turmush tarzini targ‘ib etish, yosh avlodni ona Vatanga muhabbat va sadoqat, milliy va umumbashariy qadriyatlarga hurmat ruhida tarbiyalash ishlariga qo‘shgan munosib hissasi uchun", - deyiladi farmon matnida.

Farmon matniga muvofiq jami 38 nafar mahalla xodimlari mukofotlangan, jumladan:
"Mehnat shuhrati" ordeni bilan — 1 kishi,
"Do‘stlik" ordeni bilan — 10 kishi ,
"Sog‘lom avlod uchun" (II dar.) ordeni bilan — 4 kishi
"Salomatlik" (II dar.)ordeni bilan — 1 kishi
"Sodiq xizmatlari uchun" medali bilan — 1 kishi,
"Jasorat" medali bilan — 3 kishi,
"Sog‘lom turmush" medali bilan — 3 kishi,
"Kelajak bunyodkori" medali bilan — 1 kishi,
"Shuhrat" medali bilan — 14 kishi,.
Prezident farmonining to‘liq matni bilan quyida tanishish mumkin.