TOShKENT, 21 mar — Sputnik. Rossiya Mudofaa vaziri Sergey Shoygu Nijniy Novgorod viloyatidagi qurol-aslaha ishlab chiqaruvchi korxonalarga tashrif buyurib, u yerda ishlab chiqarish jarayonlari bilan tanishdi.
2024 ylning fevral oyidan boshlab Nijniy Novgorod viloyatidagi korxona "FAB-3000" (vazni 3 tonnali) havo bombalarini ommaviy ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘ydi. Shuningdek, korxona FAB-1500 va FAB-500 aviabombalari ishlab chiqarishni bir necha barobarga oshirdi.
Artilleriya snaradlari va ular uchun butlovchi qismlar ishlab chiqarish so‘nggi ikki yilda 22 baravar oshgan. Bu maxsus harbiy operatsiyani snaradlar bilan yetarli darajada ta’minlashga imkon beradi.
"Bunday ko‘rsatgichlarga erishish uchun mudofaa korxonalari oldin konservatsiya qilingan ishlab chiqarish quvvatlarini qayta ishga tushirish, snaradlar ishlab chiqarish liniyalarini qayta jihozlash va modernizatsiya qilingan", - deyiladi xabarda.
Ayni damda Rossiya olib borayotgan maxsus harbiy operatsiya G‘arbning juda ko‘p zaif nuqtalarini oshkor qildi. Shulardan biri snaradlar ishlab chiqarish. Ayni damda Ukraina Qurolli kuchlari jiddiy "snarad ochligini"ni his qilmoqda. Ekspertlar xulosasiga ko‘ra, AQSh va NATO barcha ishlab chiqarish quvvatlarini ishga solsa ham Kiyevga yetarlicha snarad yetkazib bera olmasligini ta’kidlashmoqda.