TOShKENT, 20 mar — Sputnik. Qo‘qon aeroporti birinchi texnik reysni qabul qildi. Muntazam parvozlarni 1-apreldan boshlash rejalashtirilgan, deya xabar berdi "Uzbekistan Airways".
Bugun aviakompaniyaning A320 NEO samolyoti ekipaji Qo‘qon aeroportiga qo‘ndi.
Aeroport Kokanda prinyal perviy texnicheskiy reys
© Uzbekistan Airways
“Aeroportda uchish-qo‘nish yo‘lagi 2000 metrgacha uzaytirildi hamda A320 va ATR72-600 rusumli samolyotlar uchun ikkita to‘xtash joyiga ega perron rekonstruksiya qilindi. Shuningdek, aeroportda 100 kishiga mo‘ljallangan 900 kv.m maydonli yangi yo‘lovchi terminali qurildi”, — deyiladi xabarda.
Qayd etilishicha, "Uzbekistan Airways" aviakompaniyasining tajribali uchuvchilari tomonidan Toshkent – Qo‘qon yo‘nalishi bo‘yicha amalga oshirilgan texnik parvoz aerodromning samolyotlarni qabul qilish va jo‘natishga hamda terminalning yo‘lovchilarni qabul qilish va ularga xizmat ko‘rsatishga to‘liq tayyorligini ko‘rsatdi.