Rossiya prezidenti saylovi — 2024-yil

Saylov jarayonini raqamlashtirish: O‘zbekiston MSK xalqaro konferensiyada ishtirok etdi

Konferensiyada 100 dan ortiq davlatlardan kelgan xalqaro kuzatuvchilar ishtirok etdi.
Sputnik
TOShKENT, 17 mar — Sputnik. O‘zbekiston Markaziy saylov komissiyasi (MSK) raisi Zayniddin Nizamxodjayev boshchiligidagi delegatsiya Rossiya MSK tomonidan tashkil etilgan “Saylov suvereniteti va xalqaro standartlar” mavzusidagi xalqaro konferensiyada ishtirok etdi.
Konferensiya “Milliy saylov jarayonlaridagi zamonaviy bosimlar va xalqaro standartlar” va “Saylov jarayonini raqamlashtirish: maqbul chegaralar” mavzusida bo‘lib o‘tdi.
Konferensiyada 100 dan ortiq davlatlardan kelgan xalqaro kuzatuvchilar ishtirok etdi.
Quyidagi masalalar muhokama etildi:
saylov organlari vakillari va mutaxassis-ekspertlari saylov jarayonini raqamli o‘zgartirish sohasidagi raqamli serverlar;
saylovchilar imzolarini elektron shaklda to‘plash va ulardan foydalanish;
imzo varaqlarini tekshirish uchun neyrotarmoqlar texnologiyasi;
masofaviy elektron ovoz berish;
saylov uchastkalaridagi ovoz berish binolaridan videokuzatuv texnologiyasi uchastka saylov komissiyalarining ovoz berish natijalari to‘g‘risidagi bayonnomalarini QR-kodlash;
saylovoldi tashviqotini raqamlashtirish.
Rossiya tomoni qayt etishicha, masofaviy elektron ovoz berish (MEOB) tartib-qoidalariga bo‘lgan talab nafaqat saylovchi uchun qulaylik, balki shaxsiy xavfsizlik va saylov o‘tkazishning texnologik jarayonini tashkil etish sohasidagi ko‘plab dolzarb muammolarni hal etish imkoniyatini yaratib beradi.
Rossiya quyidagi raqamli xizmatlarni taklif qilmoqda:
yashash joyida ovoz berish uchun saylovchilar ro‘yxatiga kiritish
saylov uchastkasi ma’lumotlari, mazkur saylovlar, nomzodlar, saylovchilar ro‘yxatida saylovchi mavjudligini tekshirish va hokazolar.
Bunday xizmatlar bugungi kunda fuqarolarga o‘z saylov huquqlarini qulay va shaxsiy resurslardan kam sarf qilish evaziga amalga oshirish imkonini taqdim qiladi.
Saylovchilar imzosini elektron shaklda to‘plash imkoniyati ham raqamlashtirish borasidagi jiddiy qadam sifatida qayd etildi.
“Gosuslugi” portali orqali elektron imzo to‘plash tartibi dastlab bir qator hududlarda sinovdan o‘tkazilgan va undan foydalanish amaliyoti ijobiy baholangan.
Predsedatel SIK Uzbekistana Z.Nizamxodjayev vistupil s dokladom na mejdunarodnoy konferensii
O‘zbekiston MSK raisi o‘z nutqida mamlakatimizda saylov jarayonlarida raqamli texnologiyalardan foydalanish haqida batafsil axborot berib o‘tdi.
U dunyoning ko‘plab mamlakatlari singari O‘zbekistonda ham ijtimoiy hayotning turli soha va jabhalarida raqamli transformatsiya ilgari surilayotganini alohida ta’kidladi.
MSK raisi saylovchilar uchun onlayn xizmatlar joriy etilgani, bu orqali fuqarolar saylovchilar ro‘yxatida mavjudligini tekshirishi, saylov uchastkasini aniqlashi yoki uni o‘zgartirishi, xorijdagi diplomatik vakolatxonalarda tashkil etilgan saylov uchastkalarida onlayn ro‘yxatdan o‘tishi mumkinligi to‘g‘risida gapirib o‘tdi.
Rossiya prezidenti saylovi — 2024-yil
O‘zbekiston delegatsiyasi Rossiyada ovoz berish jarayonlarini kuzatib bormoqda