Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi

Rossiya qurolli kuchlari Zaporojye viloyatining Mirnoe qishlog‘ini ozod qildi

Mudofaa vazirligi: Zaporojye viloyatining Mirnoe qishlog‘i ozod qilindi.
Sputnik
TOShKENT, 17 mar — Sputnik. Rossiya harbiylari Zaporojye viloyatining Mirnoe qishlog‘ini ozod qildi. Bu haqda RIA Novosti Mudofaa vazirligiga tayanib xabar berdi.
“Yujnodonesk yo‘nalishida “Vostok” kuchlar guruhi bo‘linmalari muvaffaqiyatli hujum harakatlari natijasida Zaporojye viloyatining Mirnoe qishlog‘ini ozod qildi”, — deyiladi harbiy idora xabarida.
Rossiyalik jangchilar, shuningdek, Ukraina Qurolli Kuchlarining 72-mexanizatsiyalashgan brigadasining hujum guruhining XHRning Vodanoe qishlog‘i hududidagi qarshi hujumini qaytarishdi. Ukraina armiyasi 120 dan ortiq askar va 3 ta texnikasini yo‘qotdi.