TOShKENT, 17 mar — Sputnik. O‘zbekistonda soat 10:00 holatiga Rossiyaning 406 fuqarosi prezident saylovida ovoz berdi, deya xabar berdi Rossiya elchixonasi.
"Mahalliy vaqt bilan soat 10:00 holatiga ko‘ra, Toshkent va Samarqandda Rossiya Federatsiyasining 406 nafar fuqarosi ovoz berdi", — deyiladi xabarda.
Po sostoyaniyu na 10:00 (po mestnomu vremeni) v Tashkente i Samarkande progolosovali 406 grajdan Rossiyskoy Federatsii.
© Sputnik
Rossiyaning O‘zbekistondagi elchisi Oleg Malginov ovoz berish jarayoni haqida gapirib, Toshkent va Samarqandda saylov uchastkalari o‘z faoliyatini davom ettirayotgani va saylovchilar hatto respublikaning chekka viloyatlaridan ham kelayotganini aytdi.
Ma’lumot uchun, 2024-yilgi Rossiya prezidenti saylovida ovoz berish 3 kun davom etadi: 15, 16 va 17-mart kunlari. Davlat rahbari lavozimiga to‘rt nafar nomzod ro‘yxatga olingan: Leonid Sluskiy (LDPR), Nikolay Xaritonov (KPRF), Vladislav Davankov (Novie lyudi) va Vladimir Putin (mustaqil nomzod).