TOShKENT, 17 mar — Sputnik. Rossiya prezidenti saylovlarida saylovchilarning 70,01 foizi ishtirok etdi, deya xabar berdi Markaziy saylov komissiyasi.
Markaziy saylov komissiyasi ma’lumotlariga ko‘ra, soat 16:03 holatiga ko‘ra (Moskva vaqti bilan) , butun mamlakat bo‘yicha Rossiya Federatsiyasi prezidenti saylovida saylovchilarning ishtiroki 70,01 foizni tashkil etgan.
Ma’lumot uchun, 2024-yilgi Rossiya prezidenti saylovida ovoz berish 3 kun davom etadi: 15, 16 va 17-mart kunlari. Davlat rahbari lavozimiga to‘rt nafar nomzod ro‘yxatga olingan: Leonid Sluskiy (LDPR), Nikolay Xaritonov (KPRF), Vladislav Davankov (Novie lyudi) va Vladimir Putin (mustaqil nomzod).