Rossiya prezidenti saylovi — 2024-yil

Rossiya prezidenti saylovida 66 foiz fuqaro ovoz berishga ulgurdi

Ovoz berish jarayonida saylovchilarning 66,08 foizi ishtirok etdi.
Sputnik
TOShKENT, 17 mar — Sputnik. Rossiya Federatsiyasi prezidenti saylovida saylovchilarning 66,08 foizi ishtirok etdi. Bu haqda Markaziy saylov komissiyasi xabar berdi.

"Rossiya Federatsiyasida bo‘lib o‘tayotgan prezidentlik saylovlarida umumiy ishtirok etish Moskva vaqti bilan soat 14:00ga kelib, 2018-yilgi saylov ko‘rsatkichlaridan 66,08 foizdan oshib ketdi", —deyiladi komissiya xabarida.

Ma’lumot uchun, 2024-yilgi Rossiya prezidenti saylovida ovoz berish 3 kun davom etadi: 15, 16 va 17-mart kunlari. Davlat rahbari lavozimiga to‘rt nafar nomzod ro‘yxatga olingan: Leonid Sluskiy (LDPR), Nikolay Xaritonov (KPRF), Vladislav Davankov (Novie lyudi) va Vladimir Putin (mustaqil nomzod).