Rossiya prezidenti saylovi — 2024-yil

O‘zbekistonda Rossiya prezidenti saylovida ovoz berish jarayoni boshlandi

Rossiyaning O‘zbekistondagi elchisi Toshkentdagi Rossiya elchixonasida birinchilardan bo‘lib ovoz berdi.
Sputnik
TOShKENT, 17 mar — Sputnik. O‘zbekistonda Rossiya prezidenti saylovida ovoz berish jarayoni boshlandi, deya xabar berdi Sputnik O‘zbekiston muxbiri.
O‘zbekiston delegatsiyasi Rossiyada ovoz berish jarayonlarini kuzatib bormoqda
Rossiyaning O‘zbekistondagi elchisi Oleg Malginov Toshkentdagi Rossiya elchixonasida birinchilardan bo‘lib ovoz berdi.
Rossiyaning O‘zbekistondagi elchisi Oleg Malginov Toshkentdagi Rossiya elchixonasida birinchilardan bo‘lib ovoz berdi.
Oleg Malginov raisligidagi saylov komissiyasining 19 nafar a’zosi Rossiyaning Toshkentdagi elchixonasi huzuridagi saylov uchastkasida ishlamoqda.
Respublikadagi rossiyaliklar Toshkent va Samarqandda ovoz berishlari mumkin.
Eslatib o‘tamiz, Rossiya prezidenti saylovlari 2024-yil 15-martdan 17-martgacha bo‘lib o‘tadi. O‘zbekistonda ovoz berish uchun 17-mart kuni Toshkent va Samarqandda saylov uchastkalari ochildi. Saylov uchastkalari bugun mahalliy vaqt bilan soat 20:00 da yopiladi.
Rossiya qonunchilarining taklifiga binoan Rossiya Federatsiyasiga prezidentlik saylovlarida kuzatuvchi sifatida 36 ta davlat hamda beshta xalqaro tashkilot delegatsiyalari ishtirok etmoqda.
Markaziy saylov komissiyasi raisi Ella Pamfilovaning so‘zlariga ko‘ra, Rossiya prezidenti saylovlarida deyarli 2,6 million kishi muddatidan oldin ovoz berish imkoniyatidan foydalandi. Rossiya prezidenti saylovining ikkinchi kunida Moskva vaqti bilan soat 13:32 da saylovchilarning 40,05 foizi ishtirok etdi.
Ma’lumot uchun, 2024-yilgi Rossiya prezidenti saylovida ovoz berish 3 kun davom etadi: 15, 16 va 17-mart kunlari. Davlat rahbari lavozimiga to‘rt nafar nomzod ro‘yxatga olingan: Leonid Sluskiy (LDPR), Nikolay Xaritonov (KPRF), Vladislav Davankov (Novie lyudi) va Vladimir Putin (mustaqil nomzod).
Rossiya prezidenti saylovi — 2024-yil
Rossiya prezidenti saylovida ishtirok etganlar 40 foizdan oshdi