TOShKENT, 17 mar — Sputnik. Yevroosiyo Iqtisodiy Komissiyasi va Yevroosiyo taraqqiyot banki hamkorlikni oshiradi, deya xabar berdi YeIK matbuot xizmati.
Hamkorlikni kengaytirish haqida Yevroosiyo iqtisodiy komissiyasi boshqaruvi raisi Bakitjan Sagintayev va Yevroosiyo taraqqiyot banki boshqaruvi raisi Nikolay Podguzov o‘rtasidagi uchrashuvda so‘z bordi.
“Sanoat kooperatsiyasini qo‘llab-quvvatlashning yangi mexanizmini joriy etishga alohida e’tibor qaratildi – kredit bo‘yicha foiz stavkalarining bir qismini komissiya budjetidan subsidiyalash, shuningdek, yangi geosiyosiy voqeliklar sharoitida Yevroosiyo “beshligi” mamlakatlari o‘rtasida transport-logistika yo‘nalishlarining yangi yo‘nalishlarini qurish va savdo-iqtisodiy aloqalarni kengaytirish”, — deyiladi xabarda.
Sagintayevning so‘zlariga ko‘ra, YeOII integratsiya loyihalari ulkan salohiyatga ega. Shunga ko‘ra, ular zarur investitsiyalar bilan qo‘llab-quvvatlanishi kerak.
“Yevroosiyo taraqqiyot bankiga a’zo davlatlarning bozor iqtisodiyotini rivojlantirishga, ularning barqaror iqtisodiy o‘sishiga va savdo-iqtisodiy munosabatlarni kengaytirishga ko‘maklashuvchi institut sifatida o‘zining investitsiya faoliyatini kengaytirish orqali YeOII doirasida ilg‘or loyihalarni rag‘batlantirishga yordam berishi mumkin”, — deyiladi xabarda
O‘z navbatida, Nikolay Podguzov bank va YeIK kengashi o‘rtasidagi o‘zaro hamkorlik bo‘yicha bir qator takliflar bildirdi.
Ma’lumot uchun, 2013-yil 12-noyabrda YeIK va Yevroosiyo taraqqiyot banki o‘rtasida hamkorlik to‘g‘risidagi memorandum imzolangan.