TOShKENT, 16 mar — Sputnik. Rossiya prezidenti saylovining ikkinchi kunida Moskva vaqti bilan soat 13:32 da saylovchilarning 40,05 foizi ishtirok etdi. Bu haqda Markaziy saylov komissiyasi axborot markazida keltirilgan ma’lumotlarga asoslanib RIA Novosti xabar berdi.
2018 yilgi saylovda ovoz berish bir kunda bo‘lib o‘tgan. O‘shanda Moskva vaqti bilan soat 10:00 ga qadar saylovchilarning ishtiroki 16,55 foizni, kunduzi - 34,72, 17:00 da 51,9 foizni tashkil etgan. Saylovchilarning umumiy ishtiroki esa 67 foizdan oshgan.
14 mart kuni Moskva vaqti bilan soat 23:00 da Kamchatka va Chukotkada birinchi saylov uchastkalari ochildi. 15-mart kuni soat 9:00 da Rossiyaning eng g‘arbiy mintaqasi – Kaliningrad viloyatida ovoz berish punktlari ochildi.
Deyarli 2,6 million rossiyalik saylovda muddatidan oldin ovoz berdi.
Uch kun davomida saylov uchastkalari mahalliy vaqt bilan soat 20:00 gacha ishlaydi. Ovoz berish 17-mart kuni yakunlanadi.
Prezidentlik uchun to‘rt nomzod kurashmoqda: Leonid Sluskiy, Nikolay Xaritonov, Vladislav Davankov va Vladimir Putin.