Rossiya prezidenti saylovi — 2024-yil

Rossiya prezidenti saylovida ishtirok etganlar 36,5 foizga yetdi

Rossiya prezidenti saylovida soat 8:40 ga ko‘ra, saylovchilarning ishtiroki 36,5 foizni tashkil etdi.
Sputnik
TOShKENT, 16 mar — Sputnik. Rossiya prezidenti saylovida saylovchilarning ishtiroki Moskva vaqti bilan soat 8:40 ga ko‘ra, ovoz berishning ikkinchi kunida 36,5 foizni tashkil etdi. Bu haqda Markaziy saylov komissiyasi axborot markazida taqdim etilgan ma’lumotlarga tayanib RIA Novosti xabar berdi.
2018 yilgi saylovda ovoz berish bir kunda bo‘lib o‘tgan. O‘shanda Moskva vaqti bilan soat 10:00 ga qadar saylovchilarning ishtiroki 16,55 foizni, kunduzi - 34,72, 17:00 da 51,9 foizni tashkil etgan. Saylovchilarning umumiy ishtiroki esa 67 foizdan oshgan.
14 mart kuni Moskva vaqti bilan soat 23:00 da Kamchatka va Chukotkada birinchi saylov uchastkalari ochildi. 15-mart kuni soat 9:00 da Rossiyaning eng g‘arbiy mintaqasi – Kaliningrad viloyatida ovoz berish punktlari ochildi.
Deyarli 2,6 million rossiyalik saylovda muddatidan oldin ovoz berdi.
Uch kun davomida saylov uchastkalari mahalliy vaqt bilan soat 20:00 gacha ishlaydi. Ovoz berish 17-mart kuni yakunlanadi.
Prezidentlik uchun to‘rt nomzod kurashmoqda: Leonid Sluskiy, Nikolay Xaritonov, Vladislav Davankov va Vladimir Putin.
Rossiya prezidenti saylovi — 2024-yil
Putin prezidentlik saylovida onlayn ovoz berdi