TOShKENT, 16 mar — Sputnik. Rossiyada prezidentlik saylovida saylovchilarning ishtiroki birinchi kuni Moskva vaqti bilan soat 22:00 ga kelib 36,11 foizni tashkil qildi. Bu haqda Rossiya MSK saytidagi ma’lumotlarga tayanib RIA Novosti xabar berdi.
2018 yilgi saylovda ovoz berish bir kunda bo‘lib o‘tgan. O‘shanda Moskva vaqti bilan soat 10:00 ga qadar saylovchilarning ishtiroki 16,55 foizni, kunduzi - 34,72, 17:00 da 51,9 foizni tashkil etgan. Saylovchilarning umumiy ishtiroki esa 67 foizdan oshgan.
14 mart kuni Moskva vaqti bilan soat 23:00 da Kamchatka va Chukotkada birinchi saylov uchastkalari ochildi. 15-mart kuni soat 9:00 da Rossiyaning eng g‘arbiy mintaqasi – Kaliningrad viloyatida ovoz berish punktlari ochildi.
Deyarli 2,6 million rossiyalik saylovda muddatidan oldin ovoz berdi.
Uch milliondan ortiq odam masofadan turib ovoz bergan. Jami besh millionga yaqin kishi saylovda shu tarzda ishtirok etishni rejalashtirgan.
Uch kun davomida saylov uchastkalari mahalliy vaqt bilan soat 20:00 gacha ishlaydi. Ovoz berish 17-mart kuni yakunlanadi.
Prezidentlik uchun to‘rt nomzod kurashmoqda: Leonid Sluskiy, Nikolay Xaritonov, Vladislav Davankov va Vladimir Putin.