Rossiya prezidenti saylovi — 2024-yil

Putin prezidentlik saylovida onlayn ovoz berdi

Putin Novo-Ogarevodagi qarorgohidagi ofisida ovoz berdi.
Sputnik
TOShKENT, 16 mar — Sputnik. Rossiya Federatsiyasining amaldagi rahbari Vladimir Putin Rossiya prezidenti saylovida onlayn ovoz berish variantini tanladi va shu tarzda ovoz berdi, deb xabar beradi RIA Novosti muxbiri.
Putin Novo-Ogarevodagi qarorgohidagi ofisida ovoz berdi. U o‘z ish stoliga o‘tib, kompyuter qarshisiga o‘tirdi va o‘z tanlovini qildi.
“Rahmat, siz muvaffaqiyatli ovoz berdingiz!” – degan yozuv ekranda ko‘rindi.
Federatsiya Kengashi prezidentlik saylovini 2024-yil 17-martga belgilagan. Ovoz berish uch kun davom etadi: 15, 16 va 17-mart. Davlat rahbari lavozimiga Rossiya Federatsiyasi Markaziy saylov komissiyasi tomonidan ro‘yxatga olingan to‘rt nafar nomzod: Leonid Sluskiy, Nikolay Xaritonov, Vladislav Davankov va Vladimir Putin da’vogarlik qilmoqda.
Rossiya prezidenti saylovi — 2024-yil
Lavrov Rossiya prezidenti saylovida ovoz berdi