TOShKENT, 16 mar — Sputnik. Rossiya Federatsiyasi bosh vaziri Mixail Mishustin bugun, 16-mart kuni prezidentlik saylovida ovoz berdi, u ovoz berish jarayonida onlayn formatda ishtirok etdi. Bu haqda RIA Novosti xabar berdi.
Video Vazirlar Mahkamasining Telegram kanalida e’lon qilindi.
Federatsiya Kengashi prezidentlik saylovini 2024-yil 17-martga belgiladi. Ovoz berish uch kun davom etadi: 15, 16 va 17-mart. Davlat rahbari lavozimiga Rossiya Federatsiyasi Markaziy saylov komissiyasi tomonidan ro‘yxatga olingan to‘rt nafar nomzod: Leonid Sluskiy, Nikolay Xaritonov, Vladislav Davankov va Vladimir Putin da’vogarlik qilmoqda.