Tadbirkorlarni qo‘llab-quvvatlash loyiha ofislari tashkil etiladi

Savdo-sanoat palatasining Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida Tadbirkorlarni qo‘llab-quvvatlash loyiha ofislari tashkil etiladi.
Sputnik
TOShKENT, 15 mar — Sputnik. O‘zbekistonda tadbirkorlarni qo‘llab-quvvatlash loyiha ofislari tashkil etiladi. Bu haqda “Huquqiy axborot” kanali xabar berdi.
"Tashqi savdo va hududiy sanoatni rivojlantirishda tadbirkorlar birlashmalarining rolini yanada oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi prezident Qarori (PQ-126-son, 14.03.2024 y.) qabul qilindi.
Qarorga ko‘ra, 2024-yil 1-iyuldan boshlab Kompaniya tomonidan qo‘llab-quvvatlash choralari Tadbirkorlik subyektlarining barqarorlik reytingi asosida taqdim etiladi.
Eksportni qo‘llab-quvvatlash maqsadida davlat tomonidan taqdim etilayotgan subsidiya va preferensiyalar Tariflar va savdo bo‘yicha bosh bitimga (GATT) hamda Subsidiyalar va kompensatsiya choralari to‘g‘risidagi bitimga (ASCM) muvofiqlashtiriladi.
Savdo-sanoat palatasi Eksportni rag‘batlantirish agentligi huzuridagi To‘qimachilik sohasini qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasining boshqaruvini vaqtinchalik amalga oshiradi.
Savdo-sanoat palatasining Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida Tadbirkorlarni qo‘llab-quvvatlash loyiha ofislari tashkil etiladi.