TOShKENT, 15 mar — Sputnik. Shavkat Mirziyoyev 15-mart kuni Qozog‘iston Respublikasi yangi bosh vaziri Oljas Bektenov boshchiligidagi hukumat delegatsiyasini qabul qildi.
Mirziyoyev Bektanovni ushbu lavozimga tayinlangani bilan samimiy qutladi va faoliyatida muvaffaqiyatlar tiladi.
Mirziyoyev Bektanovni ushbu lavozimga tayinlangani bilan samimiy qutladi va faoliyatida muvaffaqiyatlar tiladi.
Uchrashuvda O‘zbekiston bilan Qozog‘iston o‘rtasidagi sheriklikni yanada kengaytirish, prezidentlarning bo‘lajak uchrashuviga tayyorgarlik, o‘zaro tovar ayirboshlashni oshirish va mavjud to‘siqlarni bartaraf etish choralarni muhokama qilindi.
O‘zbekiston va Qozog‘iston munosabatlarida muhim yo‘nalishlar bo‘lgan investitsiya, sanoat, transport va logistika sohalarida hamkorlikni kengaytirish, mintaqaviy infratuzilma loyihalarni ilgari surish masalalari muhokama qilindi.
Oljas Bektenov boshchiligidagi Qozog‘iston delegatsiyasi O‘zbekistonga tashrifi 14-15 mart kunlari bo‘lib o‘tmoqda.