TOShKENT, 15 mar — Sputnik. Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov Rossiya prezidenti saylovida ovoz berdi. Bu haqda RIA Novosti xabar berdi.
Glava MID RF S. Lavrov progolosoval na viborax prezidenta RF
© press-slujba MID Rossii
Lavrov ertalab Moskva markazidagi saylov uchastkalaridan biriga kelib, ovoz berish jarayonida qatnashdi.
Glava MID RF S. Lavrov progolosoval na viborax prezidenta RF
© press-slujba MID Rossii
Rossiya prezidenti saylovida ovoz berish uch kun davom etadi. Davlat rahbari lavozimiga Rossiya Federatsiyasi Markaziy saylov komissiyasi tomonidan ro‘yxatga olingan to‘rt nafar nomzod: Leonid Sluskiy, Nikolay Xaritonov, Vladislav Davankov va Vladimir Putin da’vogarlik qilmoqda.