TOShKENT, 15 mar — Sputnik. O‘tgan hafta davomida (9 martdan 15-martgacha) Rossiya Qurolli kuchlari 6000 nafardan ortiq ukrain askarlarini safdan chiqardi, deyiladi Mudofaa vazirligi hisobotida.
Xususan, Kupansk yo‘nalishida 305 kishi, Donesk yo‘nalishida 1930 kishi, Avdeyevka yo‘nalishida 2710 kishi, Janubiy Donesk yo‘nalishida 980 kishi, Xerson yo‘nalishida 270 kishini yo‘q qildi (qurbon va yaralangan).
Undan tashqari, Ukrainaning bitta MiG-29 qiruvchi samolyoti, ikkita Mi-8 vertoloti, 915 ta droni, beshta "Hammer" bombasi va 86 ta reaktiv snaradlari urib tushirildi.
“Hafta davomida aviatsiya va havo hujumidan mudofaa tizimlari yo‘q qilindi: Ukraina Harbiy-havo kuchlarining MiG-29 qiruvchi samolyoti va ikkita Mi-8 vertoloti, "Tochka-U" taktik raketasi, Fransiyada ishlab chiqarilgan beshta "Hammer" boshqariladigan bombasi, AQShda ishlab chiqarilgan HIMARS, Chexiyada ishlab chiqarilgan "Vampire" va "Grad" reaktiv tizimlarining 86 ta raketasi hamda 915 ta uchuvchisiz apparatlar urib tushirildi”, — deyiladi xabarda.
Maxsus operatsiya boshlangandan beri Ukrainaning jami 577 ta harbiy samolyoti, 269 ta vertoloti, 15 573 ta uchuvchisiz uchish apparati, 486 ta zenit-raketa tizimi, 15 496 ta tanki va boshqa zirhli jangovar texnika, 1 238 ta ko‘p raketali tizimlari, 8406 ta dala artilleriya tizimlari va minomotlari, shuningdek, 19 764 dona maxsus harbiy mashinalari yo‘q qilindi.