Rossiya prezidenti saylovi — 2024-yil

Rossiya prezidenti saylovida ovoz berganlar 25% dan oshdi

Moskva vaqti bilan soat 18.00da Rossiya prezidenti saylovida 25,43 foiz saylovchi ovoz berishga ulgurdi.
Sputnik
TOShKENT, 15 mar — Sputnik. Rossiya prezidenti saylovining birinchi kuni Moskva vaqti bilan soat 18:00 da butun Rossiya bo‘yicha saylovchilarning 25,43 % ovoz berishga ulgurdi, deb xabar qildi Markaziy saylov komissiyasi.
Rossiyada 2024-yilgi prezident saylovida ovoz berish 3 kun davom etadi: 15, 16 va 17-mart kunlari. Rossiya bo‘ylab 94 mingdan ortiq saylov uchastkalari ochilgan. Saylovchilar soni 112 mlndan ortiqni tashkil qiladi.

Prezident saylovlarda to‘rt nafar nomzod – “Novie lyudi” partiyasi tomonidan ko‘rsatilgan Davlat Dumasi spikeri o‘rinbosari Vladislav Davankov, LDPR yetakchisi Leonid Sluskiy va Kommunistik partiya Markaziy qo‘mitasi Prezidiumi a’zosi Nikolay Xaritonov, shuningdek, amaldagi prezident Vladimir Putin o‘zini o‘zi ko‘rsatgan nomzod sifatida kurashmoqda.